“YULDUZCHA”
da porlayotgan yulduzlar
Iste’dodli yoshlarni
qo’llab-quvvatlash, iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida “Yulduzcha” va
“Men yulduzman” tanlovlarining saralash bosqichi Surxondaryo viloyatida yuqori
tarzda o’tkazildi.
Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida
O'zbekiston Yoshlar ittifoqi, Yoshlar media markazi va “Mening Yurtim”
telekanali hamkorligida tashkillashtirilgan ushbu kasting orqali chekka-chakka
hududlardagi iste’dodli yosh ijodkorlarni kashf qilishga erishildi.
Tanlovda
yosh iste’dodlar qo’shiqchilikning uch yo'nalishi: an'anaviy ijrochilik,
akademik ashula va estrada yo'nalishlarida o'z imkoniyatlarini sinadilar.
“Yulduzcha”da 6 yoshdan 15 yoshgacha, “Men yulduzman”da esa 16 yoshdan 25
yoshgacha bo’lgan viloyatning eng iqtidorli yigit-qizlari ijod namunalari bilan
ishtirok etishdi. Tanlovning saralashida ishtirok
etayotgan barcha yoshlarning o’z qobilyati, ijrosi bilan barchani lol qoldirdi.
Tanlovning endilikda barcha viloyatlarining o’zida o’tkazilishi yoshlarga yana
bir imkoniyat desak mubolag’a bo’lmaydi. Tanlovda 100 nafardan ortiq yoshlar
o’z iqtidorlarini namoyish qilishdi.






Комментариев нет:
Отправить комментарий