Tuman Kengashiga yangi tayinlov…..
O'zbekiston
yoshlar ittifoqi Jarqo’rg’on tuman Kengashining kengaytirilgan yig'ilishi
bo'lib o'tdi. Unda Jarqo’rg’on tuman hokimi o’rinbosari A.Rahmatov, O`zbekiston
yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Sh.Olimov hamda tumanning faol yoshlari
ishtirok etdi.
Yig’ilishda muhim masala ko’rildi.
Bu ham bo’lsa O'zbekiston yoshlar ittifoqi Jarqo’rg’on tuman Kengashi raisi lavozimiga saylash va tayinlash….
Qatnashchilar tavsiyasi bilan tuman Kengashining “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi Abdurahmonov
Qurbon O’roqovich nomzodi qo’yildi. Mehnati
va ishiga sidqidildan yondashib ishlab kelayotgan nomzodni barcha birdek ma’qulladi
va Jarqo’rg’on tuman Kengashi raisi sifatida
Abdurahmonov Qurbon O’roqovich tayinlandi.





Комментариев нет:
Отправить комментарий