СУРХОНДАРЁ ВИЛОЯТ AYOLLARINING ИНТЕРНЕТ НАШРИ

понедельник, 4 ноября 2019 г.

Ozod yurtning oltin qomusi

Barcha zamonlarda insoniyat o‘z – o‘zini boshqarish uchun ma’lum bir qoida va yo‘riqlarga amal qilib yashab kelgan. Bu yo‘l-yo‘riqlar keyinchalik qoidalarda, qonunlarga aylangan.

Mustaqil davlat sifatida shakllangan har bir davlatning o‘z qonunlar majmui – bosh qomusi bo‘lishi zarurdir. 1992-yil 8-dekabr O‘zbekiston tarixiga muhim kun sifatida tarix sahifalarida muhrlanib qoldi. Aynan shu kuni davlatning bosh “oltin” qomusi- konstitutsiyasi qabul qilindi.
Konstitutsiya xalqimiz ko‘nglida ustuvor bo‘lgan ma’naviy fazilatlarni muassam etgan Qomusnomadir. Xalqimiz taqdiri, davlatimiz kelajagi, uning dunyo hamjamiyatida qanday o‘rin egallashi bevosita Konstitutsiyamizga bog‘liqdir. Konstitutsiyamiz yangilikning eskilik, erkinlikning zo‘ravonlik, adolatning haqsizlik, taraqqiyotning tanazzul ustidan g‘alabasini muhrlagan oliy hujjatdir.
Konstitutsiyada xalqimizning o‘zini o‘zi boshqarish, erkinlik va ijtimoiy adolat, insonparvar demokratik davlat barpo etish to‘g‘risidagi azaliy orzusi o‘z ifodasini topgan.
Konstitutsiyamizda ko‘hna va muqaddas zaminimiz xalqlari qalbida ustuvor bo‘lgan el-yurtga sadoqat, halollik, adolat, haqiqat, iymon, vijdonlilik, oliyjanoblik bag‘rikenglik kabi ulug‘ ma’naviy fazilatlar mustahkam o‘rin olgan. Bu fazilatlar qalbimizni doimo ezgulikka yaratuvchanlikka undab turuvchi qudratli kuchdir.
Hayotimizning barcha sohalarini Konstitutsiyamiz belgilagan me’yorlardan ayro holda tassavur etib bo‘lmaydi. Shunday ekan, Vatan taqdirini o‘z taqdiri sifatida bilgan har bir fuqaro Konstitutsiyamizni mukammal o‘rganishi lozimdir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2001-yil 4-yanvarda e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida” gi farmoni asosida Konstitutsiya haqida ilk saboqlar maktablarda “Konstitutsiya alifbosi”, “Konstitutsiya olamiga sayohat” kabi fanlar doirasida o‘rgatilib kelinmoqda. Albatda, Bosh Qomusini yaxshi bilgan har bir avlod yurti taraqqiyoti hamda rivojiga munosib hissa qo‘sha oladi.
Ma’lumki, dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlarda hech bir fuqaro, hech bir odam o‘z ijtimoiy shaxsiy hayotini, tinch yashash huquqini o‘z qonuniy manfaatlarini himoya qilishni konstitutsiyasiz tasavvur eta olmaydi. Konstitutsiyamizdagi moddalarning jamiyat hayotiga qanchalik mos ekanligini bugungi kunda barchamiz juda yaxshi anglayapmiz. Qomusimizning 34-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va jamoat birlashmalariga birlashishi mumin ekanligi qayd etilgan. Ushbu moddaning hayotimizdagi aksini, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 5-iyulda e’lon qilgan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo‘llab–quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan tashkil etilgan Yoshlar Ittifoqi misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Minglab yoshlarni o‘zida birlashtirib ularning orzu-maqsadlariga qanot bo‘layotgan tashkilot o‘tgan yillar davomida yoshlarning haqiqiy tayanchiga aylanib ulgurdi, desam adashmagan bo‘laman.
Yuqoridagi fikrimning isboti sifatida yana bir moddani misol keltirishim o‘rinlidir. Qomusimizning 42-moddasida davlatning jamiyat madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qilishi belgilanib qo‘yilgan. Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistoni jodkorlarini qo‘llab quvvatlashi lhom jamoat fondinning tashkil etilishi bu borada qilingan minglab ishlardan bir “tomchi”dir.
“…hozirgi va kelajak avlod oldidagi yuksak mas’uliyatni anglagan holda… ” tuzilgan konstitutsiyamiz bizning azaliy tomirlarimizga singib ketgan fazilatlarimizdan biri farzand parvarlik, bolajonlikka tuyg‘ularni ham o‘zida mustahkam singdirganligi bilan ham ahamiyatlidir. Darhaqiqat, izchil mustaqil taraqqiyot yo‘limizda Konstitutsiyamiz umuminsoniy g‘oyalar­- tinchlik, tenglik, erkinlik, birodarlik mamlakat va dunyo barqarorligi kabi ulug‘  g‘oyalarga xizmat qilmoqda.
Men mustaqillik farzandiman. Shu davrda o‘sib, o‘qib-o‘rganib yashamoqdaman. Mening ta’lim olishim, ishlashim, erkin va bexavotir yurishimda, kunlarim nurli, nurafshon, tunlarim sokin o‘tishida Bosh Qomusimiz belgilab bergan qonun-qoidalar asos ekanligini juda yaxshi anglayman. Shuning uchun Konstitutsiyani o‘qishdan o‘rganishdan hech qachon charchamayman.
Konstitutsiyamizning hech bir narsa bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydigan ahamiyatini jamiyatimiz ahligiа singdirish har birimizning muqaddas burchimizdir.


Elbek Ro‘ziyev

Комментариев нет:

Отправить комментарий

  КИБЕРЖИНОЯТ:алдовдан жазога Кунлик янгиликларни интернет орқали ўқир эканмиз фирибгарларнинг ижтимоий тармоқлар орқали жиноий хатти-ҳарака...