СУРХОНДАРЁ ВИЛОЯТ AYOLLARINING ИНТЕРНЕТ НАШРИ

среда, 12 февраля 2020 г.

G’urur  timsoli asli
Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar cho'zilgan ulkan sarhadda hukm surgan qadimgi turk xoni O'g'uzxon davrida ham turkcha "tamg'a" so'zi  uchragan.


XII asrning mashhur tarixchisi Rashididdin Hamadoniy Tanlangan tarixlar" nomli kitobida shahodat berishicha, O'g'uzxon o'z mol-mulkini o'g'illariga ulus sifatida kichik davlatlarga bo'lib, in'om etgan. Ushbu davlatlar hukmdordan ham o'zlarining xonlik tamg'alariga ega edi.
Tamg'a  so'zining ma'nosi nemischada "erbo" so'zining ma'nosiga to'la mos keladi. Bugungi kunga kelib esa  "Gerb" so'zi nemischa "erbo" so'zidan olingan  deyilib, shoxlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan-naslga meros qoluvchi mulk belgisini  o’sha qadimda TAMG’A ma’nosini aglatadi.
Davlatning g’ururi va nomini anglatuvchi gerb qadimdan bugungi kuinga qadat mustaqil bo’lgan davlatning ramzlaridan biri sifatida ulug’lanib kelgan. Shuning uchun ham O'zbekiston o'z mustaqilligining birinchi yilidayoq Davlat gerbiga ega bo'ldi.
1992 yilning 2 iyulda “O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi Oliy kengashining X sessiyasida tasdiqlandi.  Aytish kerakki gerbda tabiatimiz aks etgan. Gerbning butun ko’rinishida gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda o'ng tomonida bug'doy boshoqlari, so'l tomonida ochilgan paxta chanoqlari surati tushirilgan chambardan iboratdir. Gerbning yuqori qismida Respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Sakkiz qirra ichida joylashgan yarimoy va yulduz musulmonlaming qullug' ramzidir. Gerb markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo'lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu rasmlar va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo'lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.Gerbning pastki qismidagi respublika Davlat bayrog'ini ifodalovchi uch rangdagi chambar bandiga "O'zbekiston" so'zi bitilgan.

Mastura Xamrayeva

Комментариев нет:

Отправить комментарий

  КИБЕРЖИНОЯТ:алдовдан жазога Кунлик янгиликларни интернет орқали ўқир эканмиз фирибгарларнинг ижтимоий тармоқлар орқали жиноий хатти-ҳарака...