Aholimizga yordam berilmoqda
Ayni kunlarda butun dunyoda
koronavirus haf solib turibdi. Achinarlisi bizning O’zbekistonimzda ham ushbu
virus 15 mart sanasida qayd etildi. Bunday vaziyatda yurtdoshlarimiz sarosimaga
tushmay birdam bo’lib jipslamoqda. Ayniqsa yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj
insonlarimiz xolidan doim xabar olinishi ta’minlanmoqda.
Termiz shahar hokimligi va
Milliy gvardiya viloyat bo’linmasi birgalikda bugun yana bir xayrli ishga qo’l
urishdi. Erta tongdan “Yashil dunyo” dehqon bozorida ular tomonidan tibbiyot niqoblari aholiga
tarqatilindi. Shundan so’ng Termiz shahridagi “Bog’zor” mahallasidagi imkoniyati cheklangan
keksa onaxonlarimiz va bobolarimizga oziq-ovqat maxsulotlari tarqatilindi.
Eng muhimi aholi orasida
keng tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda. Zero o’zni asraganni Tangrim
asraydi degan naql bor. Yurtdoshlarimiz niqob taqib ko’rsatmalarga amal qilinsa
tez orada virus batamom yo’q bo’ladi.
Мастура Хамраева
Ўзбекистон Журналистлари ижодий уюшмаси
Сурхондарё вилоят бўлими мутахассиси
/














Комментариев нет:
Отправить комментарий