Humoning sexri aks etgan gerbimiz
O‘zbekiston
Respublikasining Davlat gerbi. Gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan
hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, o‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari
suvrati tushirilgan chambardan iborat.
Gerbning
yuqori qismida respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan:
sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir.
Gerbning markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo
qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramzga e’tibor berganmisiz? Nega aynan HUMO
qushi tasvirlangan? Gerbda aks etgan timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik,
baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalashini hammamiz yaxshi bilamiz.
Humo qushichi?
Afsonalarga ko’ra Humo afsonaviy qush hisoblanadi. Baxt-saodat
ramzi bo’lgan bu qush tasviri qadimdan meʼmoriy yodgorliklarda, amaliy bezak sanʼati buyumlarida koʻp
uchraydi. Oʻzbekiston Respublikasi
umidlarining ramziy ifodasi bo’lgan qush gerbimizda aks etgan ekan orzularga aylangan niyatlarni ro’yobga
chiqarayotganligini hammamiz bilamiz. Bejizga Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Xumo
qushi koʻrinib turmaganligini endi anglagandekman. Hurlik ila mustaqilligimiz
iftixori bo’lgan ramzlarimiz bilan faxrlanamiz.
Mastura Xamrayeva

Комментариев нет:
Отправить комментарий