СУРХОНДАРЁ ВИЛОЯТ AYOLLARINING ИНТЕРНЕТ НАШРИ

пятница, 28 июня 2019 г.

MARKAZNING ILK TALABALARI BITIRDI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan qo’shni Afg‘oniston davlati yoshlarini turli sohalar bo‘yicha oliy malumotli kadrlar tayyorlab berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish talim markazi 2017-yil 13-noyabrda Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan edi

 Bugungi kunda Termiz tumanida joylashgan markazda 122 nafar talabalar “Ozbek tili va adabiyoti” ta’lim yo’nalishida va “Temir  yol” sohasi bo‘yicha taxsil olmoqda.

Bugun esa tantanali tarzda 96 nafar “Ozbek tili va adabiyoti” yo’nalishini taxsil olgan afg’on yoshlari o’qishni tamomladi. Ularga diplomni shaxsan Surxondayo viloyati hokimi To’ra Bobolov topshirdi.

Endilikda ular  o`z yurtlariga qaytib, sohasi bo’yicha yurti taraqqiyoti uchun munosib  hissa qo’sha oladigan kadr bo’lib ish boshlaydi.

Shuningdek Afg’on yoshlarini o’qitish ta’lim markazining yangi qurilib bitkazilgan yotoqxonasi ham foydalanishga topshirildi.
Mastura Xamroyeva
Suratlar muallifi Jonibek Qo'zimurodov

Комментариев нет:

Отправить комментарий

  КИБЕРЖИНОЯТ:алдовдан жазога Кунлик янгиликларни интернет орқали ўқир эканмиз фирибгарларнинг ижтимоий тармоқлар орқали жиноий хатти-ҳарака...